NAZIM VA NAVO








Yozyovon tumani hokimligi, madaniyat bo'limi, ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi tomonidan Buyuk mutafakkir bobokalonlarimiz hazrat Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan 28-bolalar musiqa va san’at maktabida ,,Yozyovon navolari" xalq ansambli tomonidan jonli ijroda ,,Nazm va navo" madaniy-ma'rifiy kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Dilshodjon Djalilov ishtirok etib, ikki mutafakkir bobokalonimizning boy merosi haqida atroflicha to‘xtalib, qatnashchilarni tabrikladi.
Alisher Navoiy hazratlari o‘zining betakror ijodi, yuksak insonparvarlik g‘oyalari va milliy tilimiz ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan xalqimiz ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallaydi. U zot turkiy tilning qudratini namoyon etib, adabiyotimizni jahon miqyosiga olib chiqqan buyuk siymodir. Navoiyning asarlarida ezgulik, adolat, mehr-oqibat va komil inson tarbiyasi bosh g‘oya sifatida ulug‘lanadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur esa nafaqat mohir sarkarda va davlat arbobi, balki nozik didli shoir va tarixnavis sifatida ham yuksak e’tirofga sazovor. Uning “Boburnoma” asari jahon adabiy merosining durdonalaridan biridir. Bobur siymosida biz jasorat, vatanparvarlik, ilm-fanga hurmat va yuksak ma’naviyat timsolini ko‘ramiz.
Bu ikki buyuk zotning hayoti va ijodi bugungi kunda ham yoshlarimiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularning boy merosi – milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviy barkamollikka erishish va yurt ravnaqiga hissa qo‘shish yo‘lida mustahkam poydevordir.
Tadbirda so‘zga chiqqan ijodkorlar, maʼnaviyat targ‘ibotchilari buyuk mutafakkir bobokalonlarimiz ijodiga to‘xtalishib, ansambl faoliyatiga omad tillashdi.
Maʼlumot uchun, ,,Yozyovon navolari" xalq ansambli 1956 yilda tashkil topgan. 1993 yilda ,,xalq ansambl" nomini olgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

ЁЗЁВОН ТАРИХИДА ЯНГИ САҲИФА ОЧИЛАДИ




КОРРУПЦИЯ – ТАРАҚҚИЁТ КУШАНДАСИ





