Soʻrovlarni qabul qilish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish, ro‘yxatga olish va so‘rovlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida»gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun soʻrovlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
1. Davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
2. Davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrov (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yoʻllanadigan ogʻzaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabidir.
3. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ularning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish uchun bevosita yoxud oʻz vakillari orqali soʻrov bilan murojaat etish huquqiga ega.
4. Soʻrovlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida koʻrsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
5. Yozma soʻrovda murojaat etuvchining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Yozma soʻrovda elektron manzilning koʻrsatilganligi murojaat etuvchining soʻrovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga boʻlgan roziligidir.
6. Soʻrovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
7. Quyidagilar soʻrov hisoblanmaydi: jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari; taqdim etilishining oʻziga xos xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli boʻlgan axborotning ayrim turlari;
8. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan soʻralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan boʻlsa, soʻrovda koʻrsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
9. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ogʻzaki yoki yozma shaklda yoxud elektron hujjat shaklida soʻrov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi soʻrovlar davlat organlarining rasmiy veb-saytlari, rasmiy elektron pochta manzillari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
10. Soʻrovlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazilishini ta’minlash davlat organi rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
12. Elektron hujjat shaklida soʻrov tushgan kunida qogʻozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom boʻlgandan keyin tushgan taqdirda esa — navbatdagi ish kunida qogʻozga bosib chiqarilishi kerak.
16. Aynan bir axborotdan foydalanuvchining soʻrovi nusxasi soʻrov dublikati hisoblanadi. Davlat organiga soʻrov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu soʻrovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta roʻyxatga olingan soʻrovning tartib raqami va undan soʻng bosh harfda «G’D» belgisi hamda soʻrov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi (masalan, soʻrov birinchi marta 2016 yil 10 martda 10-1-25 bilan roʻyxatga olingan boʻlib, soʻrov dublikati ham kelib tushganda, «2016 yil 10 mart, 10-1-25G’D» kabi roʻyxatga olinadi).
13. Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar koʻrsatilmagan soʻrov anonim hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
14. Soʻrov anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada soʻrovni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar koʻrsatiladi. Soʻrovni anonim deb e’tirof etish toʻgʻrisidagi xulosa soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat organi rahbari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan ijrodan olinadi.
15. Avvalgi soʻrovlar boʻyicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy soʻrov kelib tushgan paytda koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan boʻlsa, avvalgi soʻrov oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan soʻrov takroriy deb hisoblanadi.

17. So'rov davlat organiga kelib tushgandan so'ng, u so'rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bo'linma yoki mas'ul xodim tomonidan so'rovlarni ro'yxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi.
18. Soʻrovlarni roʻyxatga olish jurnali yoki elektron hujjat aylanish tizimida soʻrov qabul qilingan sana, soʻrovning tartib raqami, soʻrov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi (yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning toʻliq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, soʻrovning qisqacha mohiyati, agar soʻrov dublikat yoki takroriy boʻlsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda soʻrov ijrosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.
19. Axborotdan foydalanuvchi oʻz soʻrovini u koʻrib chiqilgunga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.
20. Qabul qilingan va roʻyxatga olingan soʻrovlar bir ish kuni ichida davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosariga rezolyutsiya (soʻrovni ijro etish boʻyicha koʻrsatma) qoʻyish uchun kiritiladi.
21. Rezolyutsiyada soʻrovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy boʻlinma(lar) rahbarining familiyasi, topshiriq mazmuni aks ettiriladi hamda davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va sana qoʻyiladi.
22. Rezolyutsiya yozilganidan soʻng, soʻrov soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim tomonidan soʻrovni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy boʻlinma xodimiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi.
23. Soʻrovlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
24. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim muntazam ravishda davlat organida soʻrovlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek davlat organi faoliyati toʻgʻrisida muntazam soʻraluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida soʻrovlarni umumlashtirish, ularni mazmunan birlashtirish va boshqa shakllarda qayta ishlashni amalga oshiradi.
25. Davlat organida mazkur davlat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan grafik asosida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
26. Davlat organida axborotdan foydalanuvchilarni qabul qilish uchun moʻljallangan alohida xona ajratilishi mumkin.
27. Axborotdan foydalanuvchi ogʻzaki murojaat etayotganda, davlat organi mas’ul xodimiga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, yuridik shaxsning vakili esa, oʻzining shaxsini va vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarini koʻrsatishi kerak. Bunday hujjatlarni koʻrsatmagan axborotdan foydalanuvchilar qabul qilinmaydi.
28. Ogʻzaki soʻrov bilan murojaat qilgan axborotdan foydalanuvchini qabul qilish soʻrov mohiyatidan kelib chiqib, tegishli boʻlinma rahbari hamda soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma xodimi yoki mas’ul xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
29. Axborotdan foydalanuvchilarning ogʻzaki soʻrovlari davlat organining «ishonch telefonlari» orqali qabul qilinishi mumkin. Bunda soʻrovlar mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
30. Ogʻzaki soʻrovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak.
31. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim soʻrovlarni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan soʻrovlar koʻrib chiqilishini doimiy monitoring qiladi, zarur hollarda, soʻrovlarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash choralarini koʻradi.
32. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim soʻrovlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi soʻrovlarni ijro etish uchun mas’ul etib belgilangan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan buzilishi toʻgʻrisida davlat organi rahbarini darhol xabardor qiladi.
33. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim monitoring natijalari boʻyicha har oyda davlat organi rahbariga soʻrovlar koʻrib chiqilishining holati toʻgʻrisidagi axborotni, zarurat boʻlganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
34. Soʻrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinma yoki mas’ul xodim soʻrovlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi. Zarur hollarda, tahlil natijalari boʻyicha davlat organi rahbariga davlat organida soʻrovlar bilan ishlash tizimini va tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan, shuningdek axborotdan foydalanuvchilar tomonidan davlat organi faoliyati toʻgʻrisida muntazam soʻraluvchi axborotlarni nashr etish hamda boshqa muhim masalalar boʻyicha takliflar kiritadi.
35. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
36. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.