Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
40
3
15 / 27.04.2025

So'x tumanida ham “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyat boshladi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973901660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973906440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973910025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973913610.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973924365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973925560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973927950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086082973931535.jpg

Respublikamizda ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo'llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga doir amaliy ishlar qilinmoqda. Joylarda faoliyat boshlayotgan markazlar ayollarga xizmat qiluvchi markaz sifatida xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

So'x tumanida ham bu jannatmakon go'shada istiqomat qiluvchi barcha ayollarga xizmat qiluvchi markaz o'z faoliyatini boshladi. Bu yerda turli treninglar, seminarlar va maslahat xizmatlari tashkil etilib, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirishga ko'mak beriladi. Ushbu tashabbus, o'z navbatida, xotin-qizlarning turmush farovonligini oshirish hamda ularning ijtimoiy hayotdagi o'rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Markazning foydalnishga topshirish jaaryonida ishtirokchilar bu yerda faoliyat yuritadigan o'quv mashg'ulotlari, tibbiy, psixologik, xuquqiy maslaxatxonalar, kasb-hunar va tadbirkorlik bilimlarini o'rgatuvchi kurslar, kutubxona, sport-sog'lomlashtirish markazlari haqida batafsil ma'lumot oldilar.

Oftobru mahallasida ochilgan “Oila va xotin-qizlar maskani”da nikohlanuvchi yoshlar va nizoli oilalar bilan ishlash, ayollarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o'qitish, psixologik va huquqiy xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yiladi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz