Matonatli yoshlar “Besh tashabbus paralimpiadasi”da bellashdi








Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” o‘yingohida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqasining O‘zbekiston tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Yoshlar ishlari bo‘limi va tumandagi sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan musobaqalarda 100 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa ishtirokchilari sportning parashashka, parashaxmat, parastol tennisi, parayengil atletika, parabadminton va para-armrestling kabi turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom, tashakkurnoma, musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Коррупцияга қарши курашишда жамоатчиликнинг аҳамияти

КИТОБХОНЛИК ҲАФТАЛИГИ ДОИРАСИДАГИ “ЗАКОВАТ”