Nuroniylar holidan xabar olindi



Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bugun O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov tumandagi bir guruh faxriy nuroniylar holidan xabar oldi.
Yo‘qlovlar davomida tuman rahbari keksalar bilan suhbatlashib, ularning hayot va mehnat yo‘llari haqidagi kechinmalarini tinglandi.
Uzoq yillar jamiyatimiz rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan otaxonu-onaxonlarga muqaddas ayyom tilaklari bildirib, mustahkam sihat-salomatlik tilandi va bayram sovg‘alari topshirildi.
O‘z o‘rnida faxriylar ham iliq va samimiy e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinchlik va xalqimizga farovonlik so‘rab duoga qo‘l ochdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

532025-03-28 17:35

522025-03-28 17:31

642025-03-27 16:59

