Do‘stlik va hamjihatlik tarannum etildi







O‘zbekiston tumanidagi mahallalarda bo‘lib o‘tayotgan Navro‘z umumxalq bayramida barcha millat va elat vakillari hamjihatlikda ahil yashayotgan Vatanimiz ulug‘lanmoqda.
Ana shunday shodiyonalar bugun tumanning turli millat vakillari istiqomat qiladigan “Yangihayot” mahallasida ham “Vatan yagonadir, Vatan bittadir” shiori ostida katta tantana qilindi.
Tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov ishtirok etib, barcha yig‘ilganlarni Navro‘zi olam va Muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutladi. Tuman rahbari mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, turli millat vakillariga munosib sharoitlar yaratib berishga muntazam ahamiyat ko‘rsatib kelinayotganini ta’kidladi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida milliy xalq o‘yinlari, sport musobaqalari o‘tkazildi. Azaliy qadriyatlarimiz namoyish etilib, bahoriy taomlar, doshqozonda osh pishirildi.
Mahalla ahli kundalik hayotining bir qismi bo‘lgan o‘ziga xos milliy urf-odat, qadriyat va hunarmandchilik san’ati namoyish etildi.
Do‘stlik va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar, milliy maqom, xalq og‘zaki ijodiyoti, lapar va aytishuvlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Shodiyonalar davomida ehtiyojmand va jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan ham xabar olinib, ularning qalbiga shodlik ulashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




