Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


VAQTINCHA ISHSIZ YOSHLARGA YER AJRATILMOQDA

×

 2021-02-03 17:30:40    760

PDF yuklash
Chop etish



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan bergan topshirig’iga asosan Cho’liguliston MMTP hududidagi “Yoz.Agrostar” fermer xo’jaligining paxta ekiladigan maydonidan 8,5 gektar yer “Yoshlar daftari"ga kiritilgan, vaqtincha ishsiz yoshlarga sektor rahbari, MFY raisi tavsiyasiga asosan bir yil muddatga eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga o’lchab berildi. Bu xayrli tadbirda poytaxtdan mehmonlar, sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligiga daxldor mutasaddilar hozir bo’ldilar.

Yoshlarimizga yer ajratishga bag’ishlangan mazkur seminarda ishtirok etgan “O’zbaliqsanoat" uyushmasi raisi Omonjon Mo’sayev shunday dedi.

– 27 yanvar kuni o’tkazilgan yig’ilishda Prezidentimiz biz kabi rahbarlarning yoshlar bo’yicha olib borayotgan ishlariga tanqidiy baho berdilar, – dedi O.Mo’sayev.  – Prezidentimiz 10 gektar ekin yeridan 1 gektari yoshlarga berilishini ta'kidladilar. Bugun bu ishning natijasi Yozyovonda yoshlarga yer ajratilyapti.

Tuman hokimi Y.Boyigitov bu xayrli ishlar davom etishini aytib,  faqat yerdan oqilona foydalanish, yuqori hosil olish zarurligini alohida ta'kidladi.

– Tumanimizdagi 18-30 yoshli 20989 nafar yoshlar xatlovdan o’tkazildi, – dedi tuman hokimi o’rinbosari M.Xatamov. – Xatlov natijasida ularning 2273 nafari ,,Yoshlar daftari" ga kiritildi. Yoshlarni ish bilan ta'minlab, turmush darajasini yaxshilash uchun Prezidentimiz topshirig’iga asosan paxta ekiladigan maydondan 250 gektar ajratilib, ularning 1000 nafariga 25 sotixdan berilyapti. Yozda, boshoqli don o’rilgach, 700 nafar yoshga 1 gektardan yer ajratiladi.

Mutaxassislar ekin ekish bo’yicha yoshlarga maslahatlar berishdi.

Huddi shuningdek, tumanimizning boshqa hududlarida ham yoshlarga yer ajratiladi.

Azimjon XUDOYQULOV.

Mahmudjon OLIMOV olgan suratlar.

YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI