Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BARCHA TASHKILOT VA KORXONA RAHBARLARIGA!

×

 2021-07-30 15:00:06    437

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga barcha tizim va sohalarda munosib tayyorgarlik ko‘rishni nazarda tutib hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2021-yil 1-iyul kuni imzolangan 30/1-2308-sonli topshiriq xati ijrosini taʼminlash uchun joriy yilning 1-avgust kuniga qadar:– tumanimizdagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va eʼlonlar;– barcha turdagi ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida (tuman hokimligi namunasidagi holatda) bo‘lishini taʼminlashingiz so‘raladi.


Nargizaxon OBIDOVA,

tuman hokimining maslahatchisi.

YOZYOVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI