Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJRO ISHINI YURITISH YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
2024-09-13 11:52:14 620
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga iste'mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to’lovlarni undirish to’g’risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga kadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak ekanligi haqidagi talab kiritiladi. Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytaradi.
Pochta xarajatlarini undirish tartib-taomilini soddalashtirish maqsadida qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish to’g’risidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo’llaniladi. Soddalashtirilgan ijro ishini yuritish doirasida davlat ijrochisining zimmasiga ijro hujjatini bergan sudni yoki boshqa organni ushbu ijro hujjati qaysi sud hujjatiga yoki boshqa organning hujjatiga asosan berilgan bo’lsa, o’sha sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud mazkur ijro hujjati bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda ijro ishini yuritish tugatilganligi haqida xabardor qilish majburiyati ham yuklatiladi.
Fuqarolik protsessual kodeksiga iste'mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish haqidagi sud buyrug’ini berish to’g’risidagi arizaga iste'molchi bilan tuzilgan shartnoma, penya hisoblanishi haqidagi va iste'molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish to’g’risidagi ogohlantirish ko’rsatilgan, qarzni to’lash haqidagi talab, ushbu talab iste'molchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda, shuningdek iste'molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerakligi to’g’risida talab kiritiladi.
Ushbu Qonun sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta'minlash tartib-taomillarini soddalashtirishga hamda inson omilini kamaytirishga, jismoniy shaxslar tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish to’g’risidagi ijro hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Abduholiq TOJIDDINOV,
MIB Yozyovon tuman bo’limi boshlig’i.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram