Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


VILOYAT KO’RGAZMALI SEMINARI

×

 2024-03-16 22:36:01    107

PDF yuklash
Chop etish



Erlarni chigit ekishga tayyorlash, chigit ekish, yerga-er qo’shish, ariqlarni betonlashtirish, dala chetlaridan unumli foydalanish, g’allaga ishlov berish bo’yicha viloyat ko’rgazmali seminari bo’ldi. Seminarga viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshliq viloyat sektorlari rahbarlari tashrif buyurdilar.

Viloyat hokimi seminar avvalida Yuqori mahalla fuqarolar yig’inida tumanimizdagi dehqon xo’jaliklari tomorqalarida yetishtiriladigan maxsulotlar taqdimoti bilan tanishdi. “Qodir xoji Rustamov” MChJ tomonidan Turkiyaning eksportbop VCR-601F1 navli qovun yetishtirishi mehmonlar e'tiborini tortdi. Ayni paytda dala sharoitida yengil konstruktsiyali issiqxona tashkil qilib, qovun ko’chatlari tayyorlanayotgani, tayyor 6 gektarli maydonga ko’chat plyonka ostiga ekilib, tomchilatib sug’orilishi, qovun 15 mayga pishib yetilishi haqida kooperatsiya raisi Nodir Rustamov mehmonlarga hikoya qilib berdi. Ikkinchi hosilga KUPON F1 navli pomidor ekiladi. 1 tup pomidor 15 kg gacha hosil beradi.

Viloyat hokimi qovun yetishtirishni bunday usulini qo’llab-quvvatladi va bu tashabbusni kengaytirishni tavsiyasini berdi.

Viloyat rahbariga shu yerda “Furqat Eksport indeks” tomonidan eksportbop mosh yetishtirish, mirishkor asalarichi Akbarali Karimov tomonidan asalari oilasi va asal yetishtirish tajribasi, Qoratepada qalampirchilik taqdimot qilindi.


Viloyat hokimi muhim irrigatsiya ob'ekti Xonobod kanali qurilishi bilan tanishib, ilg’or quruvchilarga qimmatbaho sovg’alar topshirdi.


“Mezon” fermer xo’jaligida o’tkazilgan seminar avvalida ulamolar tomonidan Qur'on tilovat qilinib, jonliq so’yildi. Dehqonchiliklarimizga baraka tilanib, duolar qilindi.

Viloyat seminarida tumanlar sektor rahbarlari, paxta-donchilik klasterlari boshliqlari, MMTP raislari, qishloq xo’jaligiga dahldor viloyat tashkilotlari mutasaddilari, nuroniylar qatnashdi.


Viloyat rahbari suv taqchil bo’lib borayotgan ayni damda paxta yetishtirishning eng maqbul yo’li chigitni plyonka ostiga ekish, hamda tomchilatib sug’orishga o’tish ekanligini ta'kidladi. Seyalkaga chigit solinib, ramziy chigit ekildi va duolar qilindi.

G’alla ekilgan qo’shni maydonda begona o’tlarga va zararli hasharotlarga qarshi kurash, bug’doyni parvarishlash bo’yicha tavsiyalar berildi.

Fermer xo’jaligi dala shiyponlarida kun tartibidagi masalalar bo’yicha yig’ilish bo’ldi.

Yig’ilishda viloyat hokimi dehqonga hech qachon oson bo’lmaganiga e'tibor qaratib:

–O’tgan yili 5 martdan chigit ekishga kirishilgandi, – dedi. – Besh kundan keyin Navro’z bayrami. YErlarimiz hali tayyor emas. Dehqon doimo qiyinchiliklarga qarshi turgan, kurashgan. Marrani katta olib, niyatni yaxshi qilgan yutadi. Yangilikka intilish kerak. Dehqonchilik – bu tavakkalchilik.

Viloyat hokimi o’rinbosari Alibek Tursunov qishloq xo’jaligida bugungi kun holati bo’yicha axborot berdi. “Mezon” fermer xo’jaligi tomonidan 6,5 gektar yer qo’shilgani, dala chetlaridan foydalanish madaniyati, ariqlarni betonlashtirilgani namuna qilib ko’rsatildi.

“Mezon” fermer xo’jaligi rahbari Vohidjon Obidov tajribalari bilan o’rtoqlashdi.

–O’tgan yillari gektariga 200 ming tup ko’chat qoldirib, dehqonchilik qilgandik, – dedi fermer. – Bu yil xitoylik investor bilan hamkorlikda 25 gektar maydonda tomchilatib sug’orishni yo’lga qo’yyapmiz. 55 gektar paxta maydonini hammasini 76 sxemada ekamiz. Ko’chat ekish tajriba tariqasida gektariga 280 ming tupni sinab ko’ramiz.

Viloyat hokimi tomonidan Yozyovon tumanida 76 sxemaga yaxshi e'tibor berilayotgani e'tirof etildi.

– Tumanda 1000 gektar 76 sxemaga mo’ljallanayotgan edi, – dedi X.Bozorov. – 1700 gektarga texnika tayyorlandi. Bu paxta terimida o’z samarasini ko’rsatadi.

Viloyat seminaridan xulosa shuki, Yozyovon tumanida dehqonchilik bo’yicha o’ziga xos tajriba, maktab yaratildi. Bundan buyon uni rivojlantirish barchamizga bog’liq!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram