Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


OBOD VA FAYZLI MAHALLA – YURT KO’RKI

×

 2024-03-16 22:32:46    73

PDF yuklash
Chop etish



Respublikamiz bo’ylab Navro’z umumxalq bayramini munosib qarshi olish maqsadida "Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki" shiori ostida 16-18 mart kunlari umumxalq hayriya hashari o’tkazilishi belgilangan.


Erta tongda tuman hokimligi binosidan milliy kuy-qo’shiqlar sadosi ostida mashinada jarchilar mahallalarning ko’chalarida bo’lishib, aholi vakillarini umumxalq hayriya hashariga chorladilar.

 

Tumanimiz bo’ylab yurar ekansiz hokimlik xodimlari, har bir mahalla ko’chalarida aholi vakillari, katta yo’l bo’ylarida tuman obodonlashtirish boshqarmasi, yo’llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari, tashkilot-korxonalar joylashgan manzillarda ishchi-xizmatchilar ishtirokida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.



Umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari avjida.


Ozodalik, tozalik bor joyda baraka bo’ladi, deyishgan.


Yashanglar, hasharchilar!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram