Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNIGA BAG’ISHLANGAN "MUQADDASSAN AYOL" BAYRAM TADBIRI BO’LDI

×

 2024-03-08 04:15:35    97

PDF yuklash
Chop etish



   Soybo’yidagi Tantanalar saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tuman bayram tadbiri tashkil etildi. To’kin bayram dasturxoni atrofidan ko’p yillar xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlagan va ishlayotgan 200 dan ziyod onaxonlar, xotin-qizlar joy oldilar.



    Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov sektorlar rahbarlari, hokim o’rinbosarlari bilan tadbir ishtirokchilarini, ular orqali oila, jamoa a'zolarini bahor va go’zallik bayrami xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi.



 Tuman hokimi Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga qilinayotgan g’amxo’rliklar va berilayotgan imtiyozlar tufayli ko’plab ish o’rinlari yaratilganligi, turmush darajasi yaxshilanganligi, bu borada tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlarga e'tibor qaratdi.



   Tantanali tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi vrachi Mavludaxon Fayzullayevaga ,, Mo’'tabar ayol" ko’krak nishoni hamda qimmatbaho sovg’a toshirildi. Shuningdek, tuman hokimi boshchiligida faxriy onaxonlar, ishlab chiqarish va ziyollilar vakillaridan bir guruhiga bayram sovg’alari taqdim etildi.



   Bayram kontsert dasturini tuman madaniyat bo’limi ,, Yozyovon navolari" xalq ansambli a'zolari boshlab berishdi. O’zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Qilichbek Tojiyevning tashriflari bayramga zavq-shavq bag’ishladi. Elimizning taniqli san'atkorlari qo’shiqlari tadbir ishtirokchilariga bayram sovg’asi bo’ldi. Davralarni to’ldirib raqsga tushdilar.


   Bayram, tantanalar ko’p. Lekin bu safargi xotin-qizlar bayrami boshqacha bo’ldi.

   Bayramingiz qutlug’ bo’lsin, muhtarama onaxonlar, opa-singillar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram