Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SEKTOR RAHBARI TASHABBUSI BILAN

×

 2024-02-29 17:16:37    156

PDF yuklash
Chop etish


YoShLAR BIZNING KELAJAGIMIZ


Yozyovon tumani prokurori tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta'minlash, ularni sog’lom va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha Yuqori Soybo’yi MFY hududidagi 40-maktabda katta tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, “Yosh kitobxon” tanlovi, shaxmat va shashka musobaqasi, mehnat yarmarkasi, tibbiy ko’rik, “Vatanparvarlik ko’rgazmasi”, sumalak sayli va kontsert dasturi o’tkazildi. O’g’il bolalar o’rtasida mini futbol va ayollar o’rtasida valeybol bo’yicha tuman va sektor musobaqalariga start berildi.


Mazkur tadbirlarga maktab, kollej o’quvchilari, oliy ta'lim muassasalari talabalari, ishsiz, migratsiyadagi va “og’ir” toifadagi yoshlar qamrab olindi.


“Yangi O’zbekiston” massividagi yangi qurib bitkazilgan 40-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan tadbirlar ketma-ketligi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” ya'ni, tumanning 4 ta sektor rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi bilan boshlanib, taklif etilgan 150 nafarga yaqin yoshlar o’zlarining fikr mulohazaralari bilan tuman rahbarlari yuzlanishdi.

O’zaro savol javobdan so’ng, “Xalq banki” tumani filialiga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kredit ajratishni so’rab murojaat qilgan yoshlarga sektor rahbarlari tomonidan bank kredit ajratish bo’yicha sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, Prezident sovrini uchun o’tkazilgan “Chet tillari o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi g’oliblari tegishli sertifikatlar bilan taqdirlardi.

1-o’rin 1-umumta'lim maktabi;

2-o’rin 3-umumta'lim maktabi;

3-o’rin 7-umumta'lim maktabi.

Shu bilan birga “Dual ta'lim” (o’qish va ish hamohangligi)ni rivojlantirish uchun Germaniyaning “Simson private Akademi” kompaniyasi vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Tumanning 2-sektoridagi 11 ta maktablarning 40 yaqin o’quvchilari ishtirokida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi. Tanlov g’oliblari aniqlandi va g’oliblar tuman prokuraturasi hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi tomonidan ta'sis etilgan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

Shu kabi, 30 nafar yoshlar ishtirokida sportning shaxmat va shashka turi bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. G’oliblarga tuman prokuraturasi hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi tomonidan ta'sis etilgan qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliq topshirildi.

O’g’il bolalar o’rtasida mini futbol va ayollar o’rtasida voleybol bo’yicha Yozyovon tumani hokimi kubogining sektorlar bosqichiga start berildi. Mazkur tadbirlarga 700 nafarga yaqin yoshlar jalb etilgan. Musobaqalarga tuman sektor rahbari va nuroniylar strat berib, yoshlar yetakchilariga sportni rivojlantirish maqsadida sport to’plari topshirildi.

Tadbirda, yoshlar bandligi ta'minlashga ham alohida e'tibor berilib, Mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Marg’ilon shahri, Qo’shtepa va Yozyovon tumanlarida faoliyat olib borayotgan 15 ta tadbirkorlik sub'ektlari o’zlarining 230 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida 14 nafar shaxslar doimiy ishga joylanishi ta'minlandi.

Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlar, ayniqsa ayollar sog’lig’ini saqlash maqsadida tibbiy ko’rik tashkillandi. Pediatr, oftolmolog, pulmonolog kabi shifokorlar va maxsus tibbiy jihozlar yordamida 156 nafar shaxs tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Ularning 59 nafariga 3186000 so’mlik bepul dori-darmonlar tarqatildi, 11 nafariga statsonar davolanish bo’yicha yo’llanma berildi.

Yoshlar o’rtasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish yo’lida viloyat mudofaa boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy orkestr, qo’l jangi bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar va harbiy qurollar ko’rgazmasi ham tashrif buyuruvchilarning katta qiziqishiga sabab bo’ldi.

Shuningdek, sumalak sayli va kontsert dasturi tashrif buyuruvchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Bunday tadbirlar an'anaviy bo’lib, boshqa sektorlarda ham davom etadi.


YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram