Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


VILOYAT SEMINARI

×

 2024-02-27 20:33:40    81

PDF yuklash
Chop etish



TEXNIKALAR YoZYoVONDA QOLADIGAN BO’LDI


   Paxta-g’alla--texnika ekinlari. Har doim texnika – dehqonning qanoti bo’lib kelgan. Davr tez rivojlanyapti. O’z-o’zidan dehqonchilik qilish uchun kamchiqim, unumdor, zamonaviy texnikalar zarur bo’ladi.


  “POSCO International textile” MChJ qo’shma korxonasida “Uz CLAAS Agro” MChJ korxonasida ishlab chiqarilayotgan texnikalar ko’rgazmasi va viloyat seminari bo’ldi. Unda tumanlardan kelgan fermer xo’jaliklari boshliqlari, mutaxassislar ishtirok etishdi.

       Tadbir avvalida ishtirokchilarga ko’rgazmaga qo’yilgan texnikalar namoyish qilindi.


   So’ng korxona majlislar zalida texnikalar taqdimotiga bag’ishlangan yig’ilish bo’ldi. Yig’ilishda tuman hokimi Dilshodjon Djalilov so’z olib, qishloq xo’jaligini rivojlantirishda bugungi o’tkazilayotgan tadbirning ahamiyati hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan yangi texnika olayotganlarga berilayotgan imtiyozlar haqida gapirib berdi.


    Viloyat hokimi o’rinbosari Alibek Tursunov ko’rgazma va unga qo’yilgan texnikalarga to’xtaldi.


– “Dominator” g’alla o’rish kombayni eng zamonaviy texnika, – dedi u. – Mana, Yozyovonda 80-100 tsentnerchi fermerlar ko’p. Eski kombayn bunday hosilni o’ra olmaydi. O’rsa ham ko’p nobud qiladi. Yana yaxshi tomoni kechayu kunduz o’radi.


  CLAAS kompaniyasi vakili Aleksey Leonov hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.


    Ko’rgazmaga qo’yilgan texnikalarning ko’pini fermerlarimiz lizing asosida olish uchun shartnomalar imzolashdi. Tadbirning foydali tomoni, ko’rgazmadagi texnikalar Yozyovonda qoladigan bo’ldi.


Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram