Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TANLOVNING TUMAN BOSQICHIGA START BERILDI
2024-02-26 16:49:03 136
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi “Iqtidorli o’quvchilar o’rtasida fan olimpiadalarini o’tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to’g’risida”gi 562-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichiga start berildi.
Tanlov 2-maktabda o’tkazilyapti. Maktablarning 7-9-sinf o’quvchilaridan 5 nafardan iborat maktab jamoasi shakllantirilib, O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan https://ooo.uzedu.uz/ elektron platmormasi orqali ro’yxatdan o’tgan jami 34 ta maktabdan 170 nafar o’quvchilar ishtirok etishyapti.
Tanlov ochilishida ishtirok etgan tuman hokimligi vakillari ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar. Ishtirorkchilar ko’z o’ngida vazirlikdan muhrlanib yuborilgan tanlov savolliklari ochildi.
Tanlov yakuni haqida qo’shimcha ma'lumot beriladi.
Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram