Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


PRESS TUR VA MATBUOT ANJUMANI 

×

 2024-02-22 15:54:14    80

PDF yuklash
Chop etish



“YaNGI O’ZBEKISTON” MASSIVI ChINAKAM 

YoZYoVON MO’'JIZASI 


Yozyovon tumani tashkil etilganiga 70 yildan oshdi. O’tgan yillar davomida yurtdoshlarimiz tuman markazining A373-yo’l bo’yiga chiqishini orzu qilib yashaganlar. Prezidentimiz tashabbusi bilan biz – yozyovonliklarning ko’p yillik orzulari amalga oshdi. 


O’zbekiston Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O’zbekiston massivlarini qurish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga asosan, Yuqori Soybo’yi MFY hududidan Marg’ilon-Ulug’nor yo’lining sharq tomonidan 65,4 gektar ajratildi. Bu massivda 138 ta 5-7 qavatli jami 3856 ta xonadondan iborat uylar quriladi. Shuning bilan birga kichik sanoat zonasi, maktablar, DMTTlar, madaniyat saroyi, yozgi amfiteart, poliklinika, maishiy xizmat ko’rsatish va savdo do’konlari va boshqa ko’plab qurilishlar rejalashtirilgan.


O’zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori va Farg’ona viloyati hokimi tomonidan imzolangan reja-dasturga asosan, “Yangi O’zbekiston” massivida navbatdagi press tur va matbuot anjumani o’tkazildi. Respublika, viloyat va mahalliy OAV xodimlari, telejurnalistlar tanishuvni zamonaviy 40-maktabdan boshladilar.

Prezidentimizning 2022 yil 30 dekabrdagi “2023-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan, 21261,7 mln.so’m mablag’ sarflanib, bunyod etilgan 5 qavatli mazkur maktabda 12x24 o’lchamdagi sportzal, 165 o’rinli faollar zali, 100 o’rinli oshxona va tashqi sport maydonlari mavjud. Barcha sinf xonalari zamonaviy jihozlar bilan to’liq ta'minlangan.


Jurnalistlar maktab bilan tanishib, havaslari kelganini yashirishmadi. Maktab direktori Mo’sajon Oxunov o’quv dargohi hayoti bilan tanishtirib, savollarga javoblar berdi.


Shuningdek press tur ishtirokchilari qurib bitkazilgan 420 o’rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan tanishdilar. Binoda tarbiyalanuvchilar uchun oshxona, sport, musiqiy zallar mavjud. Birinchi qavatdagi guruh xonalari pol qismilariga isitish moslamalari o’rnatilgan. Bog’chani barcha xonalari to’liq zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan. Hudud landshafti zamonaviy bezatilgan. Bugungi kunda bog’cha binosini qurish ishlari to’liq yakunlangan. Tez kunlarda foydalanishga qabul qilinadi.

Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Foziljon Yuldashev zamonaviy bog’cha haqida jurnalistlarga gapirib berdi.


Jurnalistlar uchun “Yangi O’zbekiston” massivi qurilish shtabida matbuot anjumani o’tkazildi. Tuman hokimi o’rinbosari Saidaxon Usmonova ishtirokidagi matbuot anjumanida O’zbekiston Milliy axborot agentligi, Farg’ona viloyati televideniyesi, “Ruxsor”, “Sevimli” telekanallari, “Yangi Farg’ona”, “Farg’ona haqiqati” gazetalari, maktabgacha va maktab ta'limi viloyat boshqarmasi axborot xizmati vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumani qatnashchilariga S.Usmonova, Yuqori Soybo’yi MFY raisi Lutfullo Isaqov “Yangi O’zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari haqida gapirib berdilar.


Jurnalistlar qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.


Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o’tkazilgan mazkur tadbirlar tufayli Yozyovondagi ulkan qurilishlardan butun respublika voqif bo’ladi.


Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram