Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY SUDI TO’G’RISIDA”GI QONUNGA O’ZGARTISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITILDI

×

 2024-02-15 08:58:05    88

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 12 yanvar kuni imzolangan O’RQ-895-sonli Qonun bilan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi Qonunga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Qonun bilan Konstitutsiyaviy sud vakolatlari kengaytirilishi bilan birga mazkur sud sudyalarini saylanish tartibiga ham o’zgartirishlar kiritildi.

Unga ko’ra, Qonunning 4-moddasi qo’shimcha band bilan to’ldirilib, Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to’g’risida xulosa berishi tartibi belgilandi.

Shuningdek 7-moddasiga ham o’zgartirish kiritilib, kiritilgan o’zgartirishga ko’ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanish tartibi joriy etildi.

Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy sud o’z vakolati doirasidagi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlari O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash masalalari bo’yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e'tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qilishi belgilab qo’yildi.

 

Akbarjon ABDUJALILOV,

JIB tuman sudi devonxona mudirri. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram