Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARIDA MUAMMOLAR BO’LMAYDI

×

 2024-02-15 05:06:54    64

PDF yuklash
Chop etish



Tumanimizda qishloq xo’jaligidagi loyihalar uchun Jahon banki mablag’laridan 8,5 mln. AQSh dollari o’zlashtirish rejasi berilgan. Bu mablag’lar chorvachilik, bog’dorchilik, parrandachilikni rivojlantirish, muzlatkichlar, energiya tejaydigan sug’orish tizimlari va suv ko’targichlar, un va don mahsulotlarini qayta ishlash uchun yo’naltiriladi.


Tuman hokimligi katta majlislar zalida Jahon banki kredit mablag’larini o’zlashtirish bo’yicha tashabbuskorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.


Unda tuman hokimi Dilshodjon Djalilov, viloyat kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Anvarjon Abdullayev, Jahon banki vakili Otabek Xalilov hamda banklar mas'ullari ishtirok etdilar.


Jahon banki kredit mablag’larini olishni istagan fermerlar o’zlarining loyihalari bilan mas'ullar qarshisida tanishtirib, maslahatlar olishdi. Mutasaddilar aytilgan loyihalar bo’yicha joyida hal etish choralarini ko’rishni boshlashdi. Birlamchi ishlar qishloq xo’jaligi mas'ullari, hokim yordamchilari hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida boshlandi.


Uchrashuvda taqdim etilgan loyihalar belgilangan rejadan oshiq bo’ldi. Bu albatta yaxshi. Ko’pchilik o’z oldiga tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o’rinlari sonini orttirishni maqsad qilgan.


Bugungi loyihalar amalga oshirilgach, tumanimizda sut, go’sht, tuhum va shunga o’xshash qishloq xo’jaligi mahsulotlarida muammolar bo’lmaydi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram