Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BEMORLARGA YANADA QULAYLIKLAR YARATILADI

×

 2024-02-09 06:35:09    74

PDF yuklash
Chop etish



    Joriy yilning 5 fevral kuni Prezidentimiz o’tkazgan videoselektor yig’ilishida tibbiyot sohasidagi kamchilik va muammolarni tanqid qilib, ularni bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi. Tibbiyotdagi xizmat ko’rsatish va aholi salomatligini saqlashda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar belgilab berildi.


   So’nggi yillarda tumanimizda tibbiyot sohasida qanday ishlar amalga oshirildi va nimalar bo’lmoqda?


2022 yilda tumanimizda tumanlararo qo’shma shikastlanishlar va yurak-qon tomir kasalliklari markazining ochilishi katta voqea bo’ldi. Markaz zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanib, Quva, Toshloq, Qo’shtepa tumanlari aholisiga ham shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatib kelmoqda. Bu yerdagi sifatli xizmatdan barcha bemorlar mamnun. Hatto, Respublika, xorij darajasidagi noyob operatsiyalar ham markazda o’tkazilganini xabar qilgandik. Ilgarilari ko’pchilik yozyovonlik bemorlar shaharlarda davolangan bo’lsa, endilikda shaharliklar shifo izlab Yozyovonga kelishyapti.


 Hozirda tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida Prezidentimizning 2023 yil 25 dekabrdagi “2024-2026 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tug’ruqxona majmuasi, ma'muriy, laboratoriya, bolalar va terapiya binolarida qurilish ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.


   Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov qurilish, ta'mirlash jarayonlari bilan tanishish maqsadida markaziy shifoxonaga tashrif buyurdi. U yerda “296-XIKMK” MChJ tomonidan qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun 12 mlrd. 548 mln so’m mablag’ ajratilgan. Tuman hokimi bajarilayotgan ishlar bilan tanishib, quruvchi va tibbiyot birlashmasi mas'ullariga kerakli topshiriq va tavsiyalarini berdi.


   Ushbu binolarda ta'mirlash ishlari yakunlangach, zamonaviy jihozlar keltiriladi. Bu albatta bemorlarga yanada qulayliklar yaratadi.


Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram