Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MUDOFAA ISHLARI BO’LIMIDA

×

 2024-02-09 06:32:27    118

PDF yuklash
Chop etish



   Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta'lim, sog’liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqqa asosan mahallalar, ta'lim muassasalari, mehnat jamoalarida yangi ish kuni davlatimiz madhiyasi kuylash bilan boshlanyapti.

    Bugun tuman hokimi Dilshodjon Djalilov ish kunini hokim o’rinbosarlari, tashkilot-muassasalar rahbarlari, MMTP raislari bilan mudofaa ishlar bo’limida davlat madhiyasi bilan boshladi. So’ng hokim O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdgi ,, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 4447-qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan ,, Chaqiruv-2024" mavsumga tayyorgarlik doirasida tuman mudofaa ishlari bo’limining mavsumga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.

   --Mudofaa ishlari bo’limi binosi 1953 yilda qurilgan bo’lib, hozirgi kundagi holati umuman talabga javob bermaydi,-dedi hokim.--Shuning uchun bino va uning hududini hashar qilib, mavsumga tayyorlaymiz. Mana, ko’ring, aloqa tayanchi(antena) qo’yilganda buyon bo’yoq ko’rmagan. Bo’limni nizom talablari asosida ta'mirlab, obodonlashtirish kerak.

   Bo’lim binosi va hududida bugundan ishlar boshlanadi.

   Ma'lumot o’rnida, bu yil qurolli kuchlar safiga tumanimizda 196 nafar yigitlar harbiy xizmatga yuboriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram