Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


RAQAMLASHTIRISH FUQAROLAR HAMDA YURIDIK SHAXS VAKILLARIGA KO’PLAB QULAYLIKLAR YARATMOQDA!

×

 2024-01-15 19:34:55    158

PDF yuklash
Chop etish




O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2024 yil kuni PF-1-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.


Ushbu Farmon bilan 2024 yilning 1 may kunidan boshlab sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etildi.


Xususan, iqtisodiy ishlar bo’yicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlari faqat elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. 


Ushbu tartib O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo’lgan ijro hujjatlariga tadbiq etilmasligi Farmonda belgilab qo’yildi.


Shuningdek, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha sud va ma'muriy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari, qoida tariqasida elektron shaklda, ijro hujjati O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo’lgan taqdirda yoki taraflarning iltimosnomasiga ko’ra esa – sudning muhri bilan tasdiqlangan holda qog’oz shaklda berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkinligi belgilab berildi.

Endilikda, yuridik shaxslar sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni o’zlarining soliq to’lovchi shaxsiy kabineti orqali olishi yo’lga qo’yilmoqda.


Jismoniy shaxslar uchun esa Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki interaktiv xizmatlarni to’rsatadigan terminallar orqali sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni olish va taqdim etish imkoniyati yaratiladi.


Abduxafiz SATTAROV,

MIB Yozyovon tuman bo’limi boshlig’i.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram