Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI

×

 2024-01-15 10:08:57    102

PDF yuklash
Chop etish



MILLIY ARMIYaMIZ – YaNGI O’ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONI


   O’zbekiston Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda. 28-bolalar musiqa va san'at maktabida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tantanali tuman tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirga tashrif buyurganlarni maktab kiraverishidan Vatanni madh etuvchi musiqalar bilan kutib olinishi bayram boshlanishiga boshqacha fayz bag’ishladi.



  Tadbir O’zbekiston davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi. Bayram kontsertida tuman madaniyat bo’limi badiiy havaskorlari, musiqa maktabi o’quvchilari va albatta maktablarning o’quvchi-yoshlari tomonidan harbiycha chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi.



   Tadbirda so’zga chiqqanlar ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabriklab, mustaqil O’zbekistonimizning sarhadlarini munosib himoya qilayotgan milliy armiyamizning salohiyatiga to’xtalib o’tishib, bayram bilan barchani muborakbod etishdi.

YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram