Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI

×

 2024-01-12 04:41:19    145

PDF yuklash
Chop etish



MUSTAHKAM QALQON



“Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!" shiori ostida “Mahallada duv-duv gap" tadbirlari doirasida “Vatanparvarlik o’n kunligi” boshlandi.


14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 40-maktabda “Milliy armiyamiz yangi O’zbekistonning mustahkam qalqoni” mavzusida tantanali tadbir o’tkazildi. Tadbirda hokim o’rinbosarlari, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, milliy gvardiya bo’limlari, avtomobil maktabi shaxsiy tarkibi vakillari, afg’on jangchi faxriylari qatnashdilar. Tadbir avvalida harbiy texnikalar namoyishi bo’ldi. Texnika bilan tanishish jarayonlarida o’quvchi-yoshlarga texnikalarga biriktirilgan mas'ullar texnik-taktik tasnifini tushuntirishdi. Vatanga bo’lgan muhabbat, yurtga bo’lgan sadoqat, vatan himoyachisi mavzularida ochiq suhbat o’tkazildi. Shundan so’ng maktab faollar zalida tantanali tadbir boshlandi. O’zbekiston madhiyasi sadolari bilan boshlangan tadbirga tumanimizning barcha qatlam vakillari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi o’rinbosari Mirzohid Xatamov yaqinlashib kelayotgan – Vatan himoyachilari kuni bilan barchani tabrikladi. Mudofaa ishlar, “Veteran" jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi tuman bo’limlari rahbarlari ham so’zga chiqishib, bugungi tinch yurtimizga ko’z tegmasligiga, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiya topishlari kerakligini, tinchligimizni qadriga yetish bo’yicha so’zladilar.

Tadbir DMTT tarbiyalanuvchilarining chiqishlari, maktab o’quvchilarining jangovor mashqlari hamda madaniyat bo’limining kuy-qo’shiqlari bilan maroqli o’tdi. Qiziqarli viktorina g’oliblariga kitoblar sovg’a qilindi.

  Harbiy vatanparvarlik ruhidagi ko’rgazmalar ham ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.


Bayram tadbirlari joylarda davom etadi.


YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram