Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN!

×

 2024-01-12 04:34:12    149

PDF yuklash
Chop etish




YoZYoVONDA DUV-DUV GAP


Yozyovon tumanida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma'naviy-ma'rifiy tadbirining dastlabkisi “Bahor” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi bolalar musiqa va san'at maktabida o’tkazildi.

Yangi yil shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda tashkil etilgan o’ziga xos bayramona mazkur tadbirda “Bahor”, “Yozyovon”, “Tegirmonboshi” mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi nuroniylar, yoshlar, ziyolilar hamda turli soha vakillari qatnashdilar. Madaniyat va san'at koshonasidan o’rin olgan milliy va jahon adabiyoti namunalari, yosh rassomlar, ijodkorlar, sport ustalari hamda hunarmandlar ko’rgazmasi tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Yozyovonliklarga yangi - 2024 yilning ilk kunlarida o’ziga xos ko’tarinki kayfiyat baxsh etgan ma'naviy-ma'rifiy kechani tuman hokimi o’rinbosari Mirzohid Hotamov ochib, o’tkazilayotgan mazkur uchrashuvning mazmun- mohiyatiga batafsil to’xtalib o’tdi.

Farg’ona politexnika instituti professor-o’qituvchilari, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi O’ktamxon Soliyeva hamda boshqalar Prezidentimiz raisligida bo’lib o’tgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig’ilishidagi ustuvor vazifalar haqida so’z yuritishdi.

Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni Yozyovon tumani misolida tadbir ishtirokchilarga hayotiy misollar va dalillar orqali yana bir bor yetkazishdi. O’z o’rnida Vatan taqdirida, taraqqiyotida har bir yurtdoshimizning o’rni muhim ekanligi qayd etildi.

Mehnat faxriysi Ahmadjon Ismoilov “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida o’tkazilayotgan “Mahallada duv-duv gap” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri haqida fikr bildirib, bunday anjumanlar shu yurt fuqarosi bo’lgan har bir insonni yangi marralarga, yangi orzularga undashini alohida ta'kidladi.

Bayram kechasida Yozyovon san'atkorlari ijrosidagi kuy va qo’shiqlar tadbir ishtirokchilariga zo’r kayfiyat ulashgani rost. Ayniqsa, “Tanovar” qo’shig’i ijro etilganda butun davra raqsga oshiqdi.

O’tkazilgan kecha tafsilotlari tez fursatda Yozyovon mahallalariga tarqalib, duv-duv gap bo’lgani ham rost. Elimiz qalbiga ziyo ulashayotgan va albatta, Yangi O’zbekiston qudrati, shijoatini namoyon etayotgan bu ajib jarayon keng qanot yozgan. Demakki, u har kuni davom etmoqda.


Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram