Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"TASHABBUSLI BYUDJET" SHAROFATI
2023-10-30 15:10:01 213
Yurtimizda “Tashabbusli byudjet” loyihasida ovoz berish yo’li bilan juda ko’plab ijtimoiy soha ob'ektlari, mahalla infratuzilmasi obod bo’lib bormoqda.
Bugun “Ochiq byudjet” loyihasi orqali g’olib, deb topilgan Qoratepa MFYda joylashgan 36- oilaviy poliklinika va Ishtirxondagi oilaviy shifokorlik punkti to’liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.
36-oilaviy poliklinikaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
–“Tashabbusli byudjet” loyihasi xalqimiz uchun katta imkoniyat bo’ldi, – dedi viloyat hokimi. – Avvallari biror ishni boshlash uchun Respublika miqyosida hal etilishi kerak edi. Mana endi chekka mahallalar ham ovoz berish yo’li orqali muammolarni hal etyaptilar. Sharoitlar yaratilgan joyda shifokorlarimiz ham bemorlarni yaxshi kayfiyatda kutib oladilar, muolajalar ham sifatli bo’ladi. Ular aholiga sog’lom turmush tarziga amal qilishlari uchun o’z tavsiyalarini berib borsalar, turli kasalliklarning kelib chiqishining ham oldi olinadi.
Bino ochilishida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, duolar qilishdi. U yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdilar.
36-OPni “Oqjar sifat servis” MChJ tomonidan ishlarni bajarish uchun 838 mln. so’m mablag’ sarflandi. Bu yerda to’rtta MFYning 22 ming 800 nafar fuqaroga 12 ta tibbiy brigada xizmat ko’rsatadi. Poliklinika eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlandi.
Shuningdek, Ishtirxon oilaviy shifokorlik punktining ham ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Rekonstruktsiya uchun “Inderendent broker" xususiy korxonasi tomonidan 960 mln. so’m sarflanib, ishlar yakuniga yetkazildi.
YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram