Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAS'ULIYATSIZ OTALARGA CHORA KO’RILDI
2023-09-18 15:46:04 232
Oila muqaddas dargoh, unda dunyoga kelgan farzandlar himoyasiz bo’lib, eng avvalo ota-onaning parvarishi va ta'minotiga muhtoj bo’ladi. Qonunchiligimizda, bolaning voyaga yetguniga qadar uning ta'minoti, ta'limi va tarbiyasi uchun bevosita ota-ona javobgarligi belgilab qo’yilgan.
Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo’limi ish yurituvida bo’lgan aliment undirish bilan bog’liq ijro hujjati bo’yicha uzoq muddatdan buyon aliment qarzdorligini to’lashdan bo’yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan to’plangan hujjatlar MJtKning 47.4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo’yicha Toshlok tumani sudiga taqdim qilindi.
2023 yil 7 avgust kuni ma'muriy ishlar sudda ko’rib chiqilib, qarzdorlar Sh.B. 8 mln. so’m, N.B. 17.4 mln. so’m miqdorida aliment pullarni to’lashdan bo’yin tovlab kelganliklari sababli, sud tomonidan qarzdorlarning xar biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Akramjon ABDULLAYEV,
Yozyovon tuman MIB davlat ijrochisi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram