Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUSTAQILLIK INSHOOTLARI
2023-08-31 21:06:46 217
"YaNGI O’ZBEKISTON"NING YaNGI MAKTABI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O’zbekiston” massivlarini qurish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-32-farmoniga asosan aholiga munosib uy-joy va yashash sharoitlarini yaratish, qulay infratuzilma bilan ta'minlash hamda “Yangi O’zbekiston” massivi tashkil etish maqsadida Yuqori Soybo’yi MFY hududida joylashgan Marg’ilon-Ulug’nor yo’lining sharq tomonidagi 65,4 gektar yer maydoni tanlab olindi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, respublika bo’yicha “Yangi O’zbekiston” massivi qurilishi uchun jami 455,6 gektar maydon tanlangan bo’lib, eng ko’pi Yozyovon tumaniga ajratilgan.
Ushbu shaharchada 138 ta 5-7 qavatli jami 3856 ta xonadondan iborat uylar quriladi. Ayni paytda beshta besh qavatli uy foydalanishga topshirilgan.
Shuningdek, ushbu hududda 990 o’rinli umumta'lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti
qurish rejalashtirilgan edi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi arafasida nafaqat Yozyovon tumani, balki viloyatda yagona bo’lgan besh qavatli maktab binosining ochilish marosimi bo’ldi. Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, nuroniy oqsoqollar, ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Marosimda so’zga chiqqanlar yangi maktab binosi bayramga munosib sovg’a bo’lganini e'tirof etdilar.
426-XIKMK MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan bu besh qavatli, liftli koshonada 120 o’rinli oshxona, 160 o’rinli faollar zali, 12x24 o’lchamdagi sport zali, 20x40 o’lchamdagi mini futbol, voleybol, basketbol maydonlari bor. Maktab qurilish uchun 21 milliard 700 million so’mdan ziyod byudjet mablag’lari sarflandi.
Tadbir ishtirokchilari yangi maktab binosidagi sharoitlar bilan tanishar ekanlar, mana shunday muhtasham ilm maskani qurilishiga bosh bo’lganlar umri-rizqilaariga baraka tilab, bu maskanda ta'lim olgan o’g’il-qizlarimiz orasidan olimu fozillar, el-yurtga xizmat qiluvchi avlod vakillari yetishib chiqsin, deya duolar qilishdi.
Bunyod etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivi Yozyovon uchun mo’'jiza bo’lsa, yangi maktab binosini mo’'jizaning mo’'jizasi, desak adashmaymiz.
Mazkur maktab binosi qurilishi bilan Yozyovon tumanida maktab soni qirqtaga yetdi.
Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram