Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BINO XATLANDI

×

 2023-08-16 15:50:08    235

PDF yuklash
Chop etish



Endi “BINO” auktsion savdoda sotiladi


Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga maqsadli kreditlar ajratilmoqda. Faqatgina, o’rnatilgan tartib va o’zaro shartnomaga ko’ra fuqaro yoki tadbirkor ajratilgan mablag’dan maqsadli foydalanishi va belgilangan majburiyat asosida to’lov jadvali asosida qaytarish talab etiladi. Biroq, ayrim tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan bu majburiyat bajarilmagani oqibatida ish majburiy harakatlarga borib yetmoqda.


Xususan,fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 2023 yil 24 martdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Elegant Gulchiroy” xususiy korxonasi undiruvchi TIF “Milliy bank” ATB foydasiga 534 750 170 so’m kredit qarzdorligini undirish uchun javobgar G.M.ga tegishli yer maydoni 200,0 kv.metr, qurilish maydoni 168,8 kv.metr bo’lgan Yozyovon tuman, Baxor MFY, A.Jomiy ko’chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan ma'muriy bino-inshootlariga yerdan foydalanish xuquqi bilan qaratish haqidagi ijro hujjati 2023 yil 13 iyulda kelib tushgan va majburiy ijroga qaratilgan.


Qarzdor “Elegant Gulchiroy” xususiy korxonasiga ushbu qarzdorliklarni to’liq to’lashi uchun O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.


Ushbu ixtiyoriy muddatda qarzdor “Elegant Gulchiroy” xususiy korxonasi qarzdorlikni to’liq to’lamaganligi sababli, majburiy ijro xarakatlari olib borilib, garov mulki bo’lgan G.M.ga tegishli bino-inshootlar 2023 yil 8 avgustda xatlandi.


Abdulhafiz SATTOROV,

Yozyovon tuman MIB boshlig’i.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram