Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AUKTSIONGA CHIQARILGUNGA QADAR QARZDORLIK QOPLANARMIKIN?
2023-08-16 15:45:00 221
Bugungi kunda kredit qarzdorligini to’lamasdan, ortiqcha sarsongarchilikka yo’l qo’yayotgan fuqarolar borligi, ularga nisbatan shu bugungi kunga qadar da'vo arizasi sudga yuborilib, sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilmoqda.
Xususan, Byuroning Yozyovon tuman bo’limiga Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 2023 yil 12 iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor
A.Mirzaaliyevdan undiruvchi “Agrobank” ATB foydasiga 18 644 900 so’m kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan va majburiy ijroga qaratilgan.
Qarzdor ushbu qarzdorliklarni to’liq to’lashi uchun davlat ijrochisi tomonidan ixtiyoriy muddat berilgan..
Ushbu ixtiyoriy muddatda qarzdor A. Mirzaaliyev qarzdorlikni to’liq to’lamaganligi sababli, majburiy ijro xarakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli bo’lgan “Damas” rusumli avtotransport vositasi 2023 yil 14 avgust kuni xatlandi va majburiy tartibda jarima maydoniga olib kirildi.
Xatlangan mulkni auktsion savdoga chiqarilguniga qadar qarzdor qarzlarini to’lashiga umid qilamiz.
Akramjon ABDULLAYEV,
Yozyovon tuman MIB davlat ijrochisi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram