Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR UCHUN AMALIY SEMINAR
2023-08-14 09:34:43 212
Tuman "Argolid" MChJ da tumani xokimi Dilshodjon Djalilov, viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i A.Abdullayev hamda "Qishloqqurilish bank" vakillari ishtirokida tumandagi 30 dan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i A.Abullayev tomonidan "20 ming tadbirkor - 500 ming mutaxassis" dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-93 sonli farmonida tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar to’g’risida tushunchalar berildi.
"Qishloq qurilish bank" vakillari tomonidan imtiyozli kreditlar olish tartibi tushuntirildi. Shuningdek tuman hokimi D.Djalilov tadbirkorlarni muammo va takliflari bilan tanishdi. Tadbirkorlarni muammolarini xal etish bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram