Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLAR SEKTOR RAHBARINING NAZORATIDA

×

 2023-07-12 18:18:39    201

PDF yuklash
Chop etish



KO’RSATILAYoTGAN E'TIBORDAN MAMNUN BO’LDILAR


Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarini atroflicha o’rganish va amaliy ko’mak berish, kelajakda o’z orzu-istaklarini ro’yobga chiqarish va yurt ravnaqiga hissa qo’shadigan barkamol inson bo’lib tarbiyalanishlarida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Yoshlar bilan ishlashda viloyat sektor rahbarlarining joylarda bo’lib, ularning muammolarini o’rganib, amaliy ko’mak berayotganliklarini turli ijtimoiy tarmoqlar va OAVda guvohi bo’lyapmiz.


Xususan, viloyat prokurori Baxtiyorjon Ismoilovga to’g’ridan-to’g’ri biriktirilgan Soybo’yi MFYda yashovchi Nargizaxon Abdurahmonova hamda Dilshod Abdullajonov xonadoniga tuman prokurori Ilhomjon Xodjayev mas'ullar bilan tashrif buyurib, sog’lik uchun kerakli dori-darmonlar va ularga yo’llangan maktubni topshirdi.


Tuman prokurori tashrifi davomida yoshlar bilan samimiy, do’stona muloqot qildi. Nargizaxonni sog’ligida muammosi borligi sababli, kerakli dori-darmonlar topshirildi. Tegishli mas'ullarga uning sog’ligini muntazam ravishda nazorat qilib borish kerakligi aytildi.


Dilshod Farg’ona shahridagi O’zbekiston Koreya Xalqaro universiteti (KIUF)da bitiruvchi kursga o’tmoqda. Koreys tilida gaplasha oladi. U tuman prokurori bilan suhbat davomida ishlash istagini bildirdi. Prokuror tumanimizda tashkillangan “POSCO International textile” MChJ mas'ullariga tavsiyasini berdi. Dilshod unga ko’rsatilgan g’amxo’rlikdan mamnun ekanligini bildirib, barcha rahbarlarga o’zining minnatdorchiligini bildirdi.


YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram