Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ZARBDOR 45 KUNLIK
2023-07-10 17:19:08 236
G’O’ZA PARVARIShIDAGI
MUHIM MASALALAR
Chigit ekilganidan tortib, to shu kungacha bir gektar maydonga 18-22 million so’m sarf-harajat qilindi. Hosilni taroziga tushguncha 45 kun qoldi. Paxta pishguncha juda borsa, ikki million so’m sarf qilinadi. Sarf, muddat oz bo’lsada, hosil taqdiri hal bo’ladigan pallaga kirildi.
,, Far. Zulfiqor" fermer xo’jaligida g’o’za parvarishidagi muhim masalalarga bag’ishlangan seminar bo’ldi. Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov qilinishi lozim bo’lgan--kultivatorlarni o’rash, xasharotlarga qarshi kurash, chekanka haqida gapirib, so’zni viloyat hokimi o’rinbosari Alibek Tursunovga berdi.
Viloyat hokimi o’rinbosari boshoqli dondan yuqori hosil olib, shartnoma rejalarini oshirib bajarilgani uchun rahmat aytib, viloyat rahbari nomidan tabrikladi.
--Paxtachilikda Yozyovon ikki yildirki viloyatda oldingi safda boryapti,-dedi A. Tursunov.--Lekin bu yil Toshloq, Uchko’prik, Buvayda tumanlari chempionlik kamarini olishga astoydil bo’lib qolishgan. Harakatni susaytirmanglar.
Seminarda mutaxassislar tomonidan bugun qilinishi zarur bo’lgan agrotexnik tadbirlar dehqonchasiga tushintirildi.
Fermerlarlarimiz bir ovozdan
,,chempionlik" ni saqlab qolishga kelishib oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram