Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


GASTONDA SAYYOR QABUL

×

 2023-06-24 11:41:38    170

PDF yuklash
Chop etish



  Toshloq tumani bilan tutash Gaston mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi Dilshodjon Djalilov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.

   Nuroniy Hayitboy Boltaboyev Oromgoh va Ziynat ko’chalarida elektr ta'minoti nobopligi bo’yicha murojaat qildi. Oromgoh ko’chasiga 1.8 km tarmoq tortish, 11 ta tayanch, 160 TP, Ziynat ko’chasiga 1.9 km tarmoq tortish, 43 ta tayanch o’rnatish zarur ekan.

   Elektr ta'minoti korxonasi rahbariga elektrlashtirish bo’yicha bu kamchiliklarni viloyat tashkiloti bilan kelishib, bartaraf etish bo’yicha topshiriq berdi.

   Rustamjon Qosimov tomorqalarni sug’orish uchun suv muammosini aytdi. Ma'lum bo’lishicha, soyga qo’yilgan nasos elektrdan 7 mln so’m qarz bo’lib qolgan. Hokim homiylik yo’li bilan qarzdorlikni qoplab berishini, bundan buyon foydalanilgan elektr uchun haqni vaqtida to’lab borishlarini uqtirdi. Nasos 1 iyulga yurgiziladi.

   Hamroxon Teshaboyeva umr yo’ldoshini davolatish uchun moddiy yordam so’rab murojaat qildi. Saxovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan murojaat shu yerning o’zida hal etildi. Opa xursand bo’lib, rahmat aytdi.

   Navnihol ko’chasida yashovchi Habibullo Komilov elektr tarmoqlari ostiga ekilgan teraklar tufayli sal shamol bo’lsa, chiroq o’chishini aytdi. Hokim mutasaddilar bu ish bilan jiddiy shug’ullanishlarini aytib, keng jamoatchilik ham bu ishga bosh qo’shishi zarurligini ta'kidladi. 

   Muxtorjon Isayev mahalla obod bo’lganligi, Shohida Akbarova onasining davolatish uchun zo mln so’m ko’mak berilgani uchun Prezidentimizga, hokimlarimizga minnatdorchilik bildirdi.


  Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram