Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


G’ALLA – 2023

×

 2023-06-22 16:07:46    203

PDF yuklash
Chop etish



MARRA SARI DADIL


Ayni kunlarda bug’doy o’rim-yig’imi avj pallasiga keldi. Tumanimizdagi g’alla maydonlarida bug’doyni nes-nobud va isrofgarchiliklarga yo’l qo’ymagan holda yig’ib olish uchun kombaynlar, fermerlar va donga biriktirilgan vakillar tinim bilmay ishlashmoqda.


Tuman g’alla shtabida bo’lib, ayni paytgacha yig’ib olingan boshoqli don haqida ma'lumot oldik.


– Tumanimizda 6600 ga yer maydoniga boshoqli don ekilgan, – deydi tuman g’alla shtabi boshlig’i Dilmurod Mirzayev. – Ekilgan yer maydonlaridan 25400 tonna g’alla rejasi bo’lib, bunda davlatga 8778, vaqtinchalik saqlashga 7022 va 7900 tonnasi klasterlarga topshirilishi belgilangan. 20 iyun holatiga 12994 tonna bug’doy topshirilib, marra sari ildamlamoqdamiz. Hozirgi kunlarda tumanimiz fermerlari tomonidan bir kunda 1100-1200 tonna boshoqli don topshirilmoqda.


Tumanimizda 19 ta o’rim otryadi bo’lib, ularning har biriga mas'ullar biriktirilgan. Bugungi kungacha o’rim-yig’im mavsumida faollik ko’rsatayotgan 2-otryadda 854, 3-otryadda 1264 va 14-otryadda esa 827,5 tonnadon bug’doy yig’ib olingan. Bu otryadlarga rahbarlik qilayotgan Abdullo Umarov, Alisher Ramazonzoda, Alisher Teshaboyevni e'tirof etish mumkin. Shuni alohida ta'kidlash kerakki bu otryadlarda zamonaviy “New Holland TC5.90” va “Vektor” rusumli kombaynlari o’rishmoqda.


Shuningdek otryad rahbarlariga 3 mln. so’mdan ish haqi belgilangani, bundan tashqari ilg’or otryad rahbarlari va haydovchilarga tuman rahbariyati tomonidan gilamlar va qimmatbaho sovg’alar berilishi ish unumini ko’taryapti.


Hali dalalarimizda boshoqli ekin maydonlari mo’l. Asosiy e'tibor g’alla hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda o’rib-yig’ib olish, mavjud texnika va boshqa resurslardan oqilona foydalanib, talon-tarojlikka yo’l qo’ymasdan shartnomaviy rejalarni to’liq bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.


YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram