Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
INSON SOG’LIGI YO’LIDA
2023-06-20 17:11:56 193
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yo’l harakati xavfsizligi xizmati va O’zbekiston Iste'molchilarni himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o’rtasida 2023 yil 30 may kuni “Hamkorlik to’g’risida memorandum” imzonlandi.
Inson sog’ligi barcha narsadan muhimdir. Memorandumga asosan, tuman IIB JXX YHX va IHHQJF tuman jamiyati hamkorligida 19-27 iyun kunlari tadbirlar o’tkaziladi. Reyd tadbiri davomida iste'molchilarning hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini, aholi o’rtasida turli yuqumli va parazitar kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida tez buzuluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini shu maqsadlar uchun mo’ljallanmagan avtomobillarda tashish holatlari o’rganiladi.
Tadbirlar davomida Sanepidemqo’mita va Veterinariya qo’mitalarining tuman bo’limlaridan mutaxassislar hamda OAV vakillari jalb qilinadi.
Ma'muraxon UMAROVA,
IHHQJF tuman jamiyati raisi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram