Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SALOMATLIK--TUMAN BOYLIK!

×

 2023-06-17 16:27:43    209

PDF yuklash
Chop etish



MANFAATLI TADBIR


Tuman hokimligi, xotin-qizlar, maktabgacha va maktab ta'limi bo’limlari, tibbiyot birlashmasi hamkorlikda "To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish" umummilliy xarakati doirasida viloya amaliy seminarini o’tkazdilar.


 Tadbir “Sog’lom hayot uchun 5 000 qadam” shiori ostida yurish marafoni bilan boshlandi. Piyoda yurish bilan birga har bir ishtirokchi yo’l bo’ylaridagi salomatlikka doir bannerlar orqali piyoda yurishning foydali tomonlari bilan ham tanishib bordilar.


14 –davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog’lomlashtirish oyligida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Bunda tashkilot hamshiralari hamda oshpazlari tomonidan bolajonlar organizmi uchun zarur vitaminlar mavjud maxsulotlardan salqin ichimliklar tayyorlash, sog’lom ovqatlanish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari ta'lim jarayonida sog’lom turmush tarzi va salomatlik soatlarida qanday mashg’ulotlar o’tilayotgani guvohi bo’lindi.


  7-umumta'lim maktabida o’quvchilar uchun “Yozgi sog’lomlashtirish” oylarida tashkil etilgan to’garaklar va mashg’ulotlar yuzasidan amaliy seminar tashkillandi.


Yuqori Soybo’yi MFYda tashkillangan “Salomatlik maktabi" faoliyati ko’rib chiqildi. Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Abdumalik Yusupov oila hamshiralari va mahalla faol ayolining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, zarur maslahatlarni berdi. “Salomatlik maktabi”da yuritiladigan hisob- kitob hujjatlari, yuqori xavfga kiruvchi muammoli xonadonlar uchun EKO karta tuzish bo’yicha tavsiyalar berildi.

  ASTTQQ va JFO markazi tuman bo’linmasi xodimlari tomonidan “Sog’lom oqavtlanish stoli”, fitobar va salomatlik burchagi to’g’risida ma'lumot berildi. So’ngra ishtirokchilar Singapur tajribasi asosidagi tana vazn indeksini aniqlash jadvalida o’z TVIni aniqlab, qaysi xavf guruhiga kirishlarini tekshirildi. Mutaxassislar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

Markazi vrachi Manzura Valiyeva Umummilliy harakat loyihasi asosida tanlab olingan Yuqori Soybo’yi MFY hududida o’tkazilgan amaliy ishlar va so’rovnoma natijalari haqida ma'lumotlar berdi. 

Tashkillangan seminar har bir ishtirokchi uchun manfaatli bo’ldi, deb bemalol aytish mumkin.



YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram