Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-SEKTOR XABARLARI
2023-06-17 16:25:33 170
YoShLAR SEKTOR RAHBARINING NAZORATIDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va ijtimoiy faol bo’lmagan yoshlar bilan “Yoshlar” daftarini yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, sog’lom raqobatni shakllantirish bo’yicha tuman prokuroriga biriktirilgan sektor hududidagi “Qizil toifada”gi yoshlarni doimiy holidan xabar olinib, ularni o’zi qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha muammolari xal etib kelinmoqda.
Jumladan, 2-sektor hududidagi Yuqori Soybo’yi va Soybo’yi mahalla fuqarolar yig’inidan “Qizil toifa”ga kiritilgan
4 nafar ijtimoiy homiyaga muhtoj guruh nogironligi bo’lgan D.Abdullajonov, N.Abdurahmonova, E.Akramova va N.Eshmatovlarni yashash xonadoniga borilib, holidan xabar olindi va ularga turli xil oziq-ovqat mahsulotlar berilishi ta'minlandi hamda sektor rahbari tomonidan sohaga oid ishlar davom ettirib kelinmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram