Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
34 NAFAR FUQARO ISHGA JOYLASHTIRILDI
2023-06-16 17:27:20 194
Yozyovon tumani prokuraturasi tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi 1- kasb-hunar maktabida hududdagi ish bilan band bo’lmagan fuqarolar hamda ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida, kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashishga bo’limi hamkorligida Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi o’tkazildi.
Mehnat yarmarkasida mahallalar fuqarolar yig’ini mas'ullari va ish beruvchi 17 tadan ziyod byudjet hamda tadbirkorlik sub'ektlari o’zlarining 105 taga yaqin bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdilar.
Yarmarkaga 52 nafardan ish bilan band bo’lmagan fuqarolar jalb qilindi. Ulardan 34 nafariga korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirish uchun yo’llanma berilib, ishga joylashtirildi.
1 nafar ishsiz fuqaro mavsumiy haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
Shuningdek 15 nafar ishsiz fuqarolar tikuvchilik yo’nalishi bo’yicha kasb-hunarga o’qitish uchun yuborildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram