Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
E'LON
2023-06-15 14:28:27 198
Farg’ona viloyati Yozyovon tumani hokimligining ijtimoiy soha ob'ektlarining issiqlik tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish bo’yicha tanlov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi “Ijtimoiy soha ob'ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to’g’risida"gi PQ-118- sonli qaroriga asosan tumandagi ijtimoiy soha ob'ektlarida isitish tizimlarini davlat- xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun quyidagi lotlarda tanlov e'lon qiladi.
1-LOT
60 ta ijtimoiy soha ob'ektlari isitish tizimlarini davlat- xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish
Ob'ektning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 8 448 472.7 ming so’m.
Yillik ekspluatatsiya summasi 6 707 637,0 ming so’m.
2-LOT
25 ta ta ijtimoiy soha ob'ekt- lari isitish tizimlarini davlat- xususiy sheriklik asosida moder nizatsiya qilish.
Ob'ektning loyiha-smeta hujjatlariga asosan qiymati 2 575 724,6 ming so’m.
Yillik ekspluatatsiya summasi 1 491 916,0 ming so’m.
Ma'lumot o’rnida PQ-118- sonli qarorga asosan loyihalarni amalga oshirishda modernizatsiya qilish va ta'mirlash harajatlari uchun talab etiladigan investitsiya mablag’lari xususiy sheriklar va davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ajratiladi hamda xususiy sheriklarning ulushi kamida 50 foiz va ob'ektlarni ekspluatatsiya qilish muddati 10 yilni tashkil etadi.
Tender tashkilotchisi: Yozyovon tumani hokimligi,
Mustaqillik ko’chasi, 1-uy.
Telefon: 73-412-22-31
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram