Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUROJAAT ORTIDA INSON TURIBDI
2023-06-09 07:08:40 188
Tuman hokimligi majlislar zalida aholidan kelib tushgan murojaatlar tahliliga bag’ishlangan yig’ilish bo’ldi. Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov joriy yil 7 iyunga qadar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual hamda tumandagi xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojjatlar bo’yicha mutasaddilar savol-javob qildi.
Jami 1589 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 559 tasi yoki 38.5 foizi ijobiy yechim topgan. 450 tasi huquqiy maslahat va ma'lumot berish orqali hal etilgan. 442 tasiga tushuntirish berilgan. 138 tasi ko’rib chiqish jarayonida.
Ariza va shikoyatlar o’tgan yilning mos davriga nisbatan 238 taga yoki 13 foizga kamaygan. Lekin ijobiy hal etish darajasi 32.8 foizga pasaygan.
Murojaatlarning katta qismi kommunal xizmatlar, moddiy yordam, sog’likni saqlash, kredit mablag’lari ajratish, aliment davlat organlari xodimlari faoliyatidan norozilik masalalaridadir.
Elektr, suv, gaz ta'minoti bo’yicha murojaatlar oshgan.
Hokim rahbarlarga murojaatlarni o’rganib, hal qilishni topshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram