Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QARDOSH XALQ DELEGATSIYASI A'ZOLARI INTENSIV USULDA BALIQ BOQISH FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

×

 2023-06-09 07:05:36    159

PDF yuklash
Chop etish


   Batken viloyati gubernatorining birinchi o’rinbosari boshchiligidagi qirg’iz ishbilarmonlari delegatsiyasi hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun viloyatimizga kelgani haqida ilgariroq xabar bergandik.


 Qo’shni davlat ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya a'zolari tumanimizdagi intensiv usulda baliq yetishtirish faoliyati bilan shug’ullanuvchi "Farg’ona baliq sanoati agrofirma" MChJdakutib olindi. Mehmonlar MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.   MChJ egalari hozirgi kunda asyotir va sazan baliq turlari yetishtirishda intensiv usul afzalliklarini mehmonlarga axborot berishdi.


Bundan tashqari tumanimizda Xitoy Xalq Respublikasi korxonasi tomonidan tashkil etilgan "HUALONG SILIAO" MChJ ("FISH CLUSTR" MChJ qo’shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan baliqlar ozuqasi qirg’izistonlik baliq yetishtiruvchi tadbirkorlarda katta qiziqish uyg’otdi. Qardosh qirg’izistonlik tadbirkorlar ushbu maxsulotni ayni paytda YEvropa davlatlaridan sotib olishlarini bildirishib, bundan buyon ushbu maxsulotlarni tumanimizda ishlab chiqariliayotgan baliq ozuqasidan sotib olishliklari bo’yicha muzokaralar olib borishyapti


    Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov mehmonlarga Yozyovon baliqchiligi, sun'iy ko’llarga o’rnatilayotgan quyosh panellari, suvni kislorodga boyitib beruvchi hamda ozuqa sochib beruvchi uskunalar haqida ma'lumotlar berdi.


   Qirg’iz qardoshlarda intensiv usulda baliq boqish qiziqish uyg’otdi va yaxshi taassurot qoldirdi.

Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram