Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR SEKTOR RAHBARINING NAZORATIDA
2023-06-07 17:00:51 176
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va ijtimoiy faol bo’lmagan yoshlar bilan “Yoshlar” daftarini yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, sog’lom raqobatni shakllantirish bo’yicha tuman prokuroriga biriktirilgan 2-sektor hududidagi “Qizil toifada”gi yoshlarni doimiy holidan xabar olinyapti. Yoshlarning o’zi qiziqtirgan yo’nalishlari bo’yicha muammolari hal etib kelinmoqda.
Jumladan, qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan Yuqori Soybo’yi mahalla fuqarolar yig’ini binosida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda 7 nafar yoshlar muammolari bo’yicha murojaat qildi. Murojaatlarning 3 nafari imtiyozli kredit ajratishga, 1 nafari davolanish, 1 nafari maktab formasi olish va 2 nafari pasport olish masalasida bo’ldi. Murojaatlar bo’yicha mas'ul tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi va sektor rahbari tomonidan alohida nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram