Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"QADRING BALAND BO'LSIN ONA TILIM"

×

 2021-06-16 14:12:10    517

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli tumanimiz hududidagi korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari!Joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar yurtimizda Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan "Qadring baland bo'lsin ona tilim" tanlovining "Davlat tili ustuvorligi ta'minlangan eng namunali hudud" nominatsiyasi bo'yicha tanlov e'lon qilingan. Mazkur tanlovda tumanimiz reytingini ko'tarishda sizlarning ko'magingiz va qo'llab-quvvatlashlaringiz muhim ahamiyat kasb etadi. Sizlardan iltimos va qattiq talab, tayyorlanayotgan har qanday hujjat va ma'lumotlaringizni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosida xatolarsiz tayyorlashingizni so'raymiz.Shuningdek:Mehnat jamoalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib etish; Hududlarda idora va tashkilotlar nomlari (peshlavhalar), joy nomlari, reklama eʼlonlari, savdo, xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlari, yo‘l (manzil) va jamoat transportlari ko‘rsatkichlari matnining davlat tilida xatosiz yozilishiga erishish; Savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘zbekcha nomda ro‘yxatga olishni rag‘batlantirish; Mehnat jamoalaridagi turli millat va elatlar vakillarining davlat tilini o‘rganishi uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshiringiz talab etiladi.

YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI.