Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

 2017-09-30 15:10:15    3098

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 2-son, 17-modda, 28-son, 341-modda; 2015 y., 13-son, 155-modda, 26-son, 338-modda; 2016 y., 23-son, 269-modda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ishonchli ko’rsatkichlarini tizimli to’plash va shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi 2014 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilsin.

2. Quyidagilar:

[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish G’ 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish G’ 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholashni amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo’yiladigan asosiy talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:

har chorakda o’z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to’g’risidagi axborotlarning elektron shaklda, belgilangan muddatlarda o’z vaqtida taqdim etilishini;

2014 yil 1 martgacha bo’lgan muddatda o’zlarining rasmiy veb-saytlarini davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo’yiladigan asosiy talablarga muvofiqlashtirishni;

reytingli baholash natijalarini hisobga olgan holda, o’z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi samaradorligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlasinlar.

4. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 20 iyungacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 4-ilovaga muvofiq ro’yxat bo’yicha indikatorlarni qo’llagan holda aniqlanadigan O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holati ko’rsatkichlari taqdim etilishini ta’minlasinlar.

(4-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)

5. O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qo’mitasi bir oy muddatda 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash metodikasini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi va rivojlanishi reytingli baholanishi kerak bo’lgan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ro’yxatini tasdiqlash uchun kiritsin;

ikki oy muddatda — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilishi samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini o’rganish tizimini joriy etish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

uch oy muddatda — NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to’g’risidagi axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash bo’yicha takomillashtirish chora-tadbirlarini ko’rsin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizom 20-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek nizomga ilova o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYОEV

Toshkent sh.,

2013 yil 31 dekabr,

355-son