Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FERGANA CUPA XALQARO TURNIR
2017-08-21 12:04:13 1366
Joriy yil 4-12 avgust kunlari Farg’ona shahridagi «Istiqlol» tennis majmuasida tennis bo’yicha 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar va qizlar o’rtasida «Fergana CUP» xalqaro turniri bo’lib o’tdi.
Turnir O’zbekiston va Osiyo tennis federatsiyasi hamkorligida o’tkazildi. Mazkur xalqaro turnirda 16 ta davlatdan 102 nafar sportchi qatnashdi.
Musobaqa natijalariga ko’ra QIZLAR o’rtasida JUFTLIK bahslarida 1-O’RINNI Kseniya Domenina (Rossiya) va Taisya Paskalyova (Rossiya) juftligi, 2-O’RINNI Yuliya Kim (O’zbekiston) va Mai Napatt Nirundorn (Tailand) juftligi egalladilar. O’G’IL BOLALAR o’rtasida juftlik bahslarida 1-o’rinni Marko Furlanetto va Mishele Vianello (Italiya) juftligi, 2-O’RINNI Sultan Narbekov va Beibit Jukaev (Qozog’iston) juftligi egalladilar.
O’smirlar va qizlar o’rtasidagi yakkalik bahslarining final o’yinlarida o’smirlar o’rtasida Sergey Fomin (O’zbekiston) va Adam Nagoudi (Tunis) bellashdilar. Yakunda Sergey Fomin (O’zbekiston) 1-, Adam Nagoudi (Tunis) 2-O’rinni egalladilar.
Qizlar o’rtasidagi yakkalik bahslarining final o’yinida Taisiya Pachkalyova (Rossiya) va Zeyneb Shonmez (Turkiya) o’zaro bellashadilar. Natijada Taisiya Pachkalyova (Rossiya) 1-O’RINNI, Zeyneb Shonmez (Turkiya) 2-O’RINNI egalladilar.
G’olib va sovrindorlar qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida viloyat hokimining o’rinbosari I.A.Nosirov ishtirok etdi.