Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZDORNING "COBALT" RUSUMLI AVTOMASHINASI XATLANDI
2023-12-17 10:30:44 163
FIB Marg’ilon tumanlararo sudining 2023 yil 10 oktyabrdagi qarzdor M.O.ning "Kapitalbank" ATB foydasiga jami 178 mln 79 ming so’m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovga qo’yilgan avtotransport vositasiga qaratish to’g’risidagi ijro hujjati Byuroning Yozyovon tuman bo’limi ish yurituviga .2023 yil 23 noyabr kuni kelib tushgan. Shu kunning o’zida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo’zg’atilgan.
Majburiy ijroharakatlari davomida, qarzdor M.O. bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay kredit qarzini to’lashdan bosh tortib kelgan. Natijada 2023 yil 6 dekabr kuni qarzdorga tegishli bo’lgan "Sobalt" rusumli avtomashina davlat ijrochisi tomonidan xatlandi va jarima maydonchasiga olib kirildi.
Kelgusida qarzdor kredit qarzini to’liq bartaraf qilmagan taqdirida avtotransport vositasini onlayn autsion savdoga chiqarilishi xaqida ogohlantirildi.
Akramjon Abdullayev,
tuman MIB davlat ijrochisi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram