Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ZARHAL HARFLAR BILAN YOZILGAN TARIXIY KUN

×

 2023-07-17 16:42:19    237

PDF yuklash
Chop etish



 Hayotni shiddat bilan oqayotgan daryoga qiyoslanadi. Kundalik turmush tashvishlari bilan bo’lib, umrimiz o’tib ketayotganini sezmaymiz. Har bir kunimizdagi voqea-hodisalarni ziyraklik bilan kuzatib, ularni bir qolipga solib, o’tayotgan davr to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Gazeta xodimlari ana shunday mashaqqatli va sharafli vazifani bajaradilar.


  O’tgan yillar mobaynida “Markaziy Farg’ona” gazetasi bilan bog’liq bo’lgan juda ko’plab tadbirlarning guvohi bo’ldik. Ayniqsa, gazeta yangi binoga ko’chib o’tganidan keyin, respublika bo’ylab ko’plab mehmonlar qadam ranjida qildi.

  1953 yil 9 iyuldan chiqa boshlagan gazetamiz 70 yildan buyon o’z vazifasini bajarib kelmoqda. Yillar davomida sayqallanib, o’z o’rnini topdi. Dovrug’i butun mamlakatga yoyildi.

  2023 yil 15 iyul sanasi Yozyovon tarixiga zarhal harflar bilan yoziladigan bo’ldi. “Markaziy Farg’ona” gazetasining 70 yilligi va gazetada 34 yildan buyon qalam tebratib kelayotgan, 2010 yildan beri Bosh muharrir vazifasida sidqidildan ishlab kelayotgan Azimjon Xudoyqulovning 60 yoshga to’lgani bilan yubiley tadbirlari nishonlandi.

Tantanali tadbirda ishtirok etish uchun respublika bo’ylab mehmonlar kelishdi. Tahririyat binosi yana bir tarixiy onlarga guvoh bo’ldi. Viloyat hokimi o’rinbosari Xurshid Ahmedov qo’shaloq bayramga tashrif buyurdi. Bir tomondan azim Toshkentdan gazetamizning qadrdonlari, Bosh muharrirning ustozi O’zA bosh direktori O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist va yoshlar murabbiyi, davlat va jamoat arbobi Abdusaid Ko’chimov boshchiligida bir guruh mehmonlar, viloyatimizdagi gazetalarning bosh muharrirlari, faxriy jurnalistlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlar dastavval tuman hokimi Dilshodjon Djalilov boshchiligida tahririyatda yaratilgan sharoitlar, gazetaning tarixi bilan tanishdilar. Tahririyatning 70 yillik tarixida o’chmas iz qoldirgan shaxslar, muhim sanalar jamlangan videorolik tamosho qildilar. Ko’pchilik mehmonlarning tahririyat yangi binosiga kelishi birinchisi emas. Ilk bor tashrif buyurganlar yaratilgan sharoitlarni ko’rishib, hpvas qilishdi.

Shuning bilan qo’shaloq bayramning asosiy qismi, “Abu Dabi” kafesida bo’ldi.

U yerda mehmonlarning safi yanada kengaydi. Shinam va ko’rkam dasturxon atrofida respublika jurnalistikasining yorqin yulduzlari, yubilyarning do’stu birodar va yaqinlari jam bo’ldilar.

Qo’shaloq tantanani tuman hokimi Dilshodjon Djalilov va viloyat hokimi o’rinbosari Xurshid Ahmedov ochib berdilar.

Viloyat hokimi o’rinbosari Xurshid Ahmedov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning yo’llagan tabrigini o’qib eshittirib, esdalik sovg’asini topshirdi. Yubilyarga  milliy to’n, do’ppi kiydirdi.

Tuman hokimi “Markaziy Farg’ona” gazetasining tuman hayotida tutgan o’rniga to’xtalib o’tib, u yerda faoliyat olib borayotgan xodimlarning mehnatlarini e'tirof etdi. Samarali natijalarga erishishda Azimjon Xudoyqulovning o’rni beqiyos ekanligini ta'kidladi.

Ustoz jurnalistlar Abdusaid Ko’chimov, Muhammadjon Obidov gazetaning 70 yilligiga va Azimjon Xudoyqulovning 60 yoshga to’lgani bilan juda ko’plab iliq fikrlar bildirishdi.


  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi rahbari Ibrohimjon Halimbekov tuman solnomasi-gazetamiz va yubilyarga uzoq umr tiladi. Shuningdek, tuman hokimi Dilshodjon Djalilovning bosma nashlarga qaratayotgan e'tibori yuqori ekanligini aytib, boshqarmaning tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat boshqarmasi boshlig’i Ma'sudjon Sulaymonov Yozyovonda jurnalistlarga berilayotgan e'tibor, ma'naviyatning yuksakligi borasida fikr bildirib, qo’shaloq bayram bilan tabrikladi. Bosh muharrirni 60 yoshni qarshilagani bilan muborakbod etib, esdalik sovg’alarini topshirdi.

Shuningdek Toshkentda Azimjon Xudoyqulov bilan ijod qilgan hamkasblari ,,Tong yulduzi" gazetasi Bosh muharriri Feruza Adilova, shoir Turob Niyoz k so’zga chiqib. “Markaziy Farg’ona”ning respublikada o’z o’rni borligini ta'kidlashdi. Buning boisi tajribali Bosh muharrir va ahil jamoa ekanligini aytib o’tdilar.

So’zga chiqqanlar juda ko’p bo’ldi. Gazetaning qadrdonlari, yubilyarning sinfdoshlari, qarindosh-urug’i, oila-a'zolari davrada gazetaning kelgusi faoliyatiga va Azimjon Xudoyqulovga yaxshi tilaklar bildirishdi.

Davrada o’yin kulgu, xursandchilik hukumron bo’ldi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdulhay Karimov o’zining diltorar qo’shiqlarini ijro etdi. Tuman madaniyat bo’limi tomonidan sho’h qo’shiqlar kuylandi. Musiqa maktabi o’quvchilari tomonidan raqslar bo’ldi.

  Davrada gazetada ishlagan faxriy jurnalistlar, tahririyatda mehnat faoliyatini olib borganlar va hozirgi jamoa jam bo’lishdi. Tuman hokimi gazetaning shu kunlarga yetib kelishida sababchi ekanliklarini ta'kidladi. Rahmatlar aytib, barchpga esdalik sovg’alari ulashdi.

Qo’shaloq kitobxon bayramiga ulandi.   ,, Markaziy Farg’ona" gazetasi tahririyati homiyligida bosmadan chiqarilgan, yozyovonlik yosh shoir Ahmadali Tursunaliyevning “Erta kelgan ko’klam” she'riy to’plami tantanali ravishda  muallifga topshirildi. Ahmadalining yaqinlari mehnati singgan barcha minnatdorchilik bildirishdi. ,, Yozyovon" kitobining dastlabki bosmadan chiqqan nusxalari tuman hokimi va ustozlarga sovg’a qilindi.

  Qo’shaloq bayram bir umr esda qolarli o’tdi.

Bayramni tashkillashga bosh bo’lgan tuman hokimligi va yaqindan ko’mak bergan barcha-barchaga minnatdorchilik bildirib qolamiz.


“MARKAZIY FARG’ONA” muxbirlari.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram