Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIDA YANA BIR TURAR JOY BINOSIGA BIRINCHI G’ISHT QO’YILDI
2023-07-12 18:19:35 221
Yuqori Soybo’yi MFY hududida 65,4 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ko’p qavatli uylar bitirilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Massivda yana bir turar joy binosiga birinchi g’isht qo’yildi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Dilmurod Bekmirzayev, yoshi ulug’ nuroniylar, tuman faollari ishtirok etishdi.
“Marg’ilon binokor ta'mir qurilish” MChJ tomonidan loyiha bo’yicha 2 ta 2 podezdli har biri 40 xonadondan iborat bo’lgan turar joy binosiga 22 mlrd. so’m mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan. Bu qurilayotgan bino massivdagi 10-uy qurilishidir.
Birinchi g’isht qo’yilishi oldidan jonliq so’yilib, Qur'on tilovat qilindi. Nuroniylar ushbu uylar xalqimizning farovon yashashlari uchun qurilayotganligini ta'kidlab, duolar qilishdi.
YoZYoVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram