Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TARG’IBOT TADBIRI

×

 2023-06-24 11:42:57    178

PDF yuklash
Chop etish



    Obodonlashtirish boshqarmasida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksini targ’iboti buyicha Yozyovon tumani yuridik markazi bosh yurist-konsultlari K.Abdullayev, U. Rayimjonov xamda tuman adliya bulimi bosh maslaxatchisi A.Abdusalomov xodimlar urtasida targ’ibot tadbiri o’tkazishdi. Mamlakatimiz tarakkiyotini yangi pog’onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik hamda jamiyatimiz ham o’zgarishi kerakligi, bundan keyin avval inson, keyin jamiyat va davlatimiz degan g’oya hayotimizda chuqur o’rin egallashini Prezidentimiz ta'kidladi. Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi ham mohiyatan ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Yangi Mehnat Kodeksi mamlakatimizda ijtimoiy soxa va iktisodiyotni rivojlantirish muhitini takomillashtirishda turli yunalishlarda ish beruvchi va xodimlarga imkoniyat yaratadi. Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksida xodimlarni huquqi, davlat manfaatlari, ish beruvchilarni manfaatlaridagi o’zaro muvozanatni yanada kuchaytirib, imkoniyati cheklangan shaxslar, aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo’yicha bir kator normalar kiritildi. Bundan tashqari xodimlarni mehnat stajlarini hisoblash, elektron mehnat daftarchalarini yuritish, xodimlarni mehnat huquqlarini kafolatlari bshyicha birmuncha kuchaytirilgan nazorat mexanizmlari ishga tushirildi. Yangi Mehnat Kodeksida ishchi-xodimlarni haq-huquqlari to’laqonli yoritilgan, shu bilan birga xodimlarga beriladigan ta'til muddati 21 kalendar kuniga uzaytirilmoqda. Uzoq yillar ishlagani uchun Mehnat Kodeksining 220-moddasiga binoan har ishlagan besh yillik staji uchun 2 ish kunidan 8 ish kunidan oshib ketmagan holda qo’shimcha, xodimlarning ish sharoitidan kelib chiqib, turli qo’shimcha dam olish kunlari berilishi to’g’risida targ’ibot ishlarini olib bordilar.


  Hamidaxon Xalilova,

   obodonlashtirish boshqarmasi kadrlar bo’limi boshlig’i.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram