Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
,,OG’IR" TOIFADAGI YOSHLAR UCHUN QABUL
2023-06-17 16:23:49 194
1-sektor hududidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig’inida 22 nafar ,,og’ir" toifadagi yoshlar ro’yxatga olingan. Ular orasida notinch oila farzandlari, surunkali kasallik tufayli ro’yxatda turgan, nogiron, migratsiyadan qaytib kelgan yoshlar bor.
Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov tomonidan 1-sektor shtabida yangiobodlik ana shu toifa yoshlar uchun qabul o’tkazildi. Qabulda tuman sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, MFY beshligi qatnashdilar.
Mahmudjon Qodirov 21 yoshda, nogiron. Qabulga onasi Mavludaxon bilan kelgan. Yordam so’rab murojaat qildi. Nodirjon mas'ullar tomonidan Quvasoydagi reablitatsiya markaziga davolanish uchun yotqiziladigan bo’ldi. Oilaga yordam bo’lishi uchun g’alladan bo’shagan maydonga ekin ekilib, daromadi beriladi.
Gulsanam Yo’ldosheva onasi qaramog’ida davolanishi uchun tibbiyot birlashmasi tomonidan alohida xona ajratilib, dori-darmon bilan ta'minlanadi.
Nodiraxon Boymirzayevani oliy o’quv yurtiga kirishi uchun xotin-qizlar bo’limi tomonidan qonun doirasida yordam ko’rsatiladi.
15 yoshli Sodiqjon Abdullayev kar-soqov. Unga so’roviga asosan telefon sovg’a qilinadi.
Gavharoy Bozorboyevaning onasi suv omboridagi ish haqini olishga yordam so’rab, murojaat qildi. Tuman prokurori bu murojaat bilan shug’ullanadigan bo’ldi.
Tuman hokimi qabulga yakun yasar ekan, chekka hududlardagi bunday toifadagi yoshlarga ko’proq e'tibor qaratishni ta'kidladi.
Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram